Samarqand viloyatida noqonuniy narkotik savdosiga chek qo‘yildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyatida noqonuniy narkotik savdosiga chek qo‘yildi / Foto: DXX

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda katta miqdorda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Urgut tumanida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan fuqaroning hovlisidan 960 gramm «opiy» moddasini yashirib qo‘ygani aniqlanib, daliliy ashyolar rasmiylashtirildi. Shuningdek, Pastdarg‘om tumanida yashovchi 1971-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadonidan 25 kg 520 gramm «marixuana» saqlanayotgani fosh bo‘ldi.

Mutasaddilarning qayd etishicha, bu moddalar chet davlatdan, xususan, Tojikistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan bo‘lib, ichki bozorda tarqatilishi rejalashtirilgan.

Hozirda har ikki shaxsga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular qamoqqa olingan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX Andijon viloyatining Bo‘ston tumani hokimining ikki o‘rinbosari fermer xo‘jaligidan 65 mln so‘m pora talab qilganini aniqlagan edi.

Shuningdek