Gadjetlar

Samsung Galaxy Z TriFold oktabrda taqdim etiladi

Savdolar esa noyabrda boshlanishi kutilmoqda
Samsung Galaxy Z TriFold
Samsung Galaxy Z TriFold oktabrda taqdim etiladi / Foto: Android insider

Samsung tomonidan ilk uch buklanuvchi Samsung Galaxy Z TriFold smartfoni oktabr oyida taqdim etiladi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Qurilma Huawei Mate XT’dan tashqi ekran joylashuvi bilan farq qiladi. Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Z TriFold’da tashqi ekran yon tomonida emas, markaziy qismda joylashadi. Qurilmada kamera modulining ostida simsiz va teskari simsiz quvvatlash uchun maxsus katuchka o‘rnatilgan. Bu telefonni oddiy monoblok sifatida ishlatish va simsiz quvvatlash imkonini beradi.

Asosiy ekran hajmi hozircha rasman tasdiqlanmagan, ammo mish-mishlarga ko‘ra, to‘liq ochilganda taxminan 10 dyuymni tashkil qiladi.

Samsung yangi modelni maxsus Unpacked tadbirida oktabrda namoyish qiladi, savdolar esa noyabrda boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi batareyaga ega Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.