
O‘zbekistonda yanvar-iyul oylarida 212 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foizga (204,8 ming dona) ko‘p. Ushbu maqolada Kursiv Uzbekistan nashri UzAuto Motors taqdim etayotgan avtomobillar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Chevrolet Damas
O‘zbekistonda eng ko‘p tanlangan minivenlardan biri Chevrolet Damasdir. Modelning boshlang‘ich narxi 93,1 mln so‘mdan boshlanadi.

Damas 0,8 litrli dvigatel va 5 pog‘onali mexanik uzatma bilan jihozlangan. Uning maksimal quvvati 38 ot kuchini tashkil etadi. Mashinaning yuk ko‘tarish hajmi 450 kg, yonilg‘i sarfi esa o‘rtacha 7 litr/100 km atrofida.
Ixcham o‘lchami va tejamkorligi sababli Chevrolet Damas shahar sharoitida ham, kichik biznes ehtiyojlari uchun ham eng ko‘p qo‘llaniladigan avtomobillardan biri bo‘lib qolmoqda.
Model versiyalari:
Model | Narxi (so‘m) |
---|---|
D11 STYLE (Van) | 93 156 000 |
D2 STYLE PLUS (Delux) | 96 932 000 |
D3 STYLE (Combi) | 96 449 000 |
D13 (Ambulance) | 92 909 000 |
Chevrolet Labo
Chevrolet Labo LB2 Plus New kichik yuk avtomobili sifatida bozorda o‘z o‘rniga ega. Model 38 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan.

Mashina 100 km/soat tezlikka 41 soniyada chiqadi. Yonilg‘i sarfi 100 km masofaga shahar sharoitida 8,6 litr, trassada esa 7,8 litrni tashkil etadi.
Avtomobil 5 pog‘onali mexanik uzatma qutisi bilan ta’minlangan bo‘lib, kichik biznes va yuk tashish uchun qulay variant hisoblanadi.
Model versiyasi:
Model | Narxi (so‘m) |
---|---|
LABO LB2 PLUS NEW | 96 300 000 |
Chevrolet Onix
Chevrolet Onix LS MT — ixcham va tejamkor sedan. Model 90 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan.

Avtomobil 100 km/soat tezlikka 10,6 soniyada chiqadi. Yonilg‘i sarfi juda past — 100 km masofaga atigi 5,9 litr.
Onix LS MT 5 pog‘onali mexanik uzatma bilan ishlab chiqarilgan bo‘lib, qulayligi va tejamkorligi sababli kundalik foydalanishda yaxshi tanlov hisoblanadi.
Model versiyalari:
Model | Narxi (so‘m) |
---|---|
LS MT | 161 900 000 |
3LT MT | 169 750 000 |
LTZ Turbo AT | 184 899 840 |
Premier 2 Turbo AT (Evro) | 204 580 480 |
Premier 2 Turbo AT PLUS wo C68 | 204 692 480 |
Premier 2 Turbo AT PLUS | 206 640 160 |
TURBO AT REDLINE | 215 624 800 |
Chevrolet Tracker
Chevrolet Tracker-2 TRK LS Plus — zamonaviy krossover bo‘lib, 132 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan.

Avtomobil 100 km/soat tezlikka 11,1 soniyada chiqadi. Yonilg‘i sarfi esa 100 km masofaga o‘rtacha 6,5 litrni tashkil etadi.
Model 6 pog‘onali avtomat uzatma (6AT) bilan ta’minlangan bo‘lib, shahar va uzoq masofali safarlar uchun qulay variant sifatida ajralib turadi.
Model versiyalari:
Modifikatsiya | Narxi (so‘m) |
---|---|
TRK LS PLUS | 215 951 360 |
TRK LTZ PLUS | 229 108 480 |
TRK Premier PLUS | 252 656 160 |
TRK REDLINE | 260 474 080 |
Chevrolet Captiva
Chevrolet Captiva LT 2 — oilaviy va qulay krossover modeli. U 149 ot kuchiga ega dvigatel bilan ta’minlangan.

Avtomobil 100 km/soat tezlikka 13,6 soniyada chiqadi. Yonilg‘i sarfi yuqoriroq bo‘lib, 100 km masofaga o‘rtacha 11,6 litrni tashkil etadi.
Modelda CVT avtomatik uzatma qo‘llanilgan bo‘lib, silliq yurish va haydash qulayligini ta’minlaydi. Captiva LT 2 katta oila va uzoq safarlar uchun mos variant hisoblanadi.
Model versiyalari:
Modifikatsiya | Narxi (so‘m) |
---|---|
LT 2 | 304 900 000 |
Premier | 334 900 000 |
Chevrolet Malibu
Chevrolet Malibu-2 MALBDB 9AT LTZ — kuchli va zamonaviy sedan. Model 236 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan.
Avtomobil 100 km/soat tezlikka atigi 7 soniyada chiqadi. Yonilg‘i sarfi shahar tashqarisida 6,0 litr, shahar sharoitida esa 8,6 litrni tashkil etadi.
Modelda 9 pog‘onali avtomat uzatma (AT-9) qo‘llanilgan bo‘lib, yuqori darajadagi qulaylik va silliq boshqaruvni ta’minlaydi. Malibu-2 LTZ kuch va tejamkorlikni birlashtirgan sedan sifatida ajralib turadi.
Modelning versiyasi:
Modifikatsiya | Narxi (so‘m) |
---|---|
MALBDB 9AT LTZ | 419 000 960 |
UzAuto Motors avtomobillarida chegirmalar
UzAuto Motors bir qator mashhur modellariga chegirmalar e’lon qildi. Chevrolet Onix, Chevrolet Tracker va Chevrolet Captiva avtomobillarini arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish mumkin. Quyida har bir model uchun chegirmadagi va avvalgi narxlar keltirilgan.
Chevrolet Onix uchun chegirmalar:

Modifikatsiya | Chegirmadagi narx (so‘m) | Avvalgi narx (so‘m) |
---|---|---|
LS MT | 161 900 000 | 176 900 000 |
1LT MT | 165 761 000 | 180 761 000 |
3LT MT | 169 750 000 | 184 750 000 |
LTZ Turbo AT | 184 899 840 | 199 899 840 |
Premier 1 Turbo AT | 196 994 720 | 211 994 720 |
Premier 2 Turbo AT | 204 580 480 | 219 580 480 |
Premier 2 Turbo AT PLUS | 206 640 160 | 221 640 160 |
Premier 2 Turbo AT PLUS wo C68 | 204 692 480 | 219 692 480 |
Turbo AT Redline | 215 624 800 | 230 624 800 |
Chevrolet Tracker uchun chegirmalar:

Modifikatsiya | Chegirmadagi narx (so‘m) | Avvalgi narx (so‘m) |
---|---|---|
TRK LS PLUS | 215 951 360 | 220 951 360 |
TRK LTZ PLUS | 229 108 480 | 244 108 480 |
TRK Premier PLUS | 252 656 160 | 272 656 160 |
TRK Premier PLUS wo C68 | 250 696 160 | 270 696 160 |
TRK Redline | 260 474 080 | 282 474 080 |
Chevrolet Captiva uchun chegirmalar:

Modifikatsiya | Chegirmadagi narx (so‘m) | Avvalgi narx (so‘m) |
---|---|---|
LT 1 | 284 900 000 | 299 900 000 |
LT 2 | 304 900 000 | 319 900 000 |
Premier | 334 900 000 | 349 900 000 |
Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda Uzavtosavdo platformasida Chevrolet Uzbekistan’ning boshqa modellari uchun shartnomalar mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Cobalt haqida o‘zbekistonliklarning fikrlarini yozgan edi.