UzAuto Motors sakkizta yangi modelni taqdim etishga tayyorlanmoqda

9-sentabr 2025 15:35 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
UzAuto Motors sakkizta yangi model ustida ishlamoqda. Foto: UzAuto Motors telegram kanali

UzAuto Motors hozirda sakkizta yangi model ustida ishlamoqda va ular tez orada bozorga taqdim etiladi. Bu haqda «UzAuto Motors» AJ bosh direktori Yanosh Kovach ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, modellar qatori kengaytirilmoqda, kompaniya ayniqsa SUV segmentida yangi avtomobillarni ishlab chiqishga e’tibor qaratmoqda.

Bugungi kunda zavodning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 550 ming mashinani tashkil etadi. Yangi press sexi va modernizatsiya ishlari hisobiga qo‘shimcha quvvat oshgan. Shu yilning o‘zida 23 ming avtomobil eksport qilingan bo‘lib, kompaniya Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlar bilan birga, yangi bozorlar – Mo‘g‘uliston va Gruziya tomon ham chiqishni rejalashtirmoqda.

Xorijiy brendlar kirib kelishi hisobiga raqobat kuchaygani bois, kompaniya model qatorini yangilash va mijozlarga qulaylik yaratishga katta ahamiyat bermoqda. Eng ko‘p sotiladigan Cobalt modeli yangilanmoqda, Xorazmda esa kichik tijorat avtomobili ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, xaridorlarga yordam sifatida imtiyozli kreditlash dasturi yo‘lga qo‘yilgan.

«Bu yili biz imtiyozli kreditlash dasturini ham ishga tushirdik. Unda avtomobil xarid qiluvchilar uchun bank foiz stavkalarini bir qismini biz qoplaymiz. Hozircha bu dasturda beshta bank ishtirok etmoqda. Lekin biz ularning sonini kengaytirmoqdamiz. Shunda mijozlar mamlakatning istalgan hududida avtomobil xarid qila olishadi», — deydi UzAuto Motors kompaniyasining savdo va avtoservis bo‘yicha boshqaruvchi direktori Vadim Artamonov.

Kompaniyada avtomobillarni mahalliylashtirish darajasi ham ortmoqda. Hozircha avtomobillarda 58 foiz butlovchi qismlar mahalliy ishlab chiqaruvchilardan olinmoqda, uch yil ichida bu ko‘rsatkichni 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Avvalroq kompaniya yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobilining ichki dizaynini taqdim etgandi. Yangilangan Cobalt ichki qismida ko‘p funksiyali rul o‘rnatilgan bo‘lib, unda audio tizim va kruiz-kontrol tugmalari mavjud. Uning ortida yorqin yoritilgan panel va 200 km/soatgacha ko‘rsatadigan spidometr joylashgan. Old o‘rindiqlar mato va qo‘shimcha material kombinatsiyasida tayyorlangan, yon tomondan qulay qo‘llab-quvvatlashga ega.

Shuningdek