Yangiliklar

Xiaomi 15T Pro global taqdimoti sentabrda bo‘lib o‘tadi

Narxi $717 dan boshlanishi kutilmoqda
Xiaomi 15T Pro
Xiaomi 15T Pro global taqdimoti sentabrda bo‘lib o‘tadi / Foto: TechTrendy

Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi 15T va 15T Pro smartfonlarini taqdim etishga hozirlanmoqda. Global taqdimot sanasi 24-sentabrga belgilandi. Bu haqda kompaniya X platformasida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 15T Pro MediaTek Dimensity 9400+ protsessori bilan ishlaydi va periskopik kamera orqali 5 karra optik zum (115 mm ekvivalent) taklif etadi. Oddiy 15T modeli esa Dimensity 8400 chipiga ega bo‘ladi. Har ikkala qurilma standart tarzda 12 GB tezkor xotira va 256 GB doimiy xotira bilan keladi.

Smartfonlar 6,83 dyuymli ekran, Leica bilan hamkorlikda yaratilgan uch kamerali tizim (asosiy 50 MP, ultra keng 13 MP, telefoto 50 MP), 5500 mA/soat sig‘imli akkumulyator va IP69 himoya darajasiga ega bo‘ladi. Zaryadlash tezligi 15T’da 67 Vt, Pro’da esa 90 Vt bo‘ladi.

Narxlari taxminan Xiaomi 15T uchun 649 yevro (taxminan $717), 15T Pro uchun esa 799 yevrodan (taxminan $883) boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi, Redmi va Poco qurilmalari 4 ta yirik Android yangilanishini olishi haqida yozgan edi.