7000 mA/soat batareyaga ega Oppo A6 Pro taqdim etildi

10-sentabr 2025 11:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oppo A6 Pro
7000 mA/soat batareyaga ega Oppo A6 Pro taqdim etildi / Foto: Oppo

Oppo kompaniyasi tomonidan yangi Oppo A6 Pro smartfoni namoyish etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Qurilma OLED ekran bilan jihozlangan. 6,57 dyuym, Full HD+ aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega. Ekran 100% DCI-P3 rang makonini qamrab oladi, PWM chastotasi esa 2160 Hz.

Smartfon MediaTek Dimensity 7300 chipida ishlaydi. Eng asosiy jihati — 7000 mA/soat sig‘imli batareya bo‘lib, u 80 Vt quvvat bilan tezkor zaryadlanadi. Qalinligi atigi 7,96 mm, og‘irligi 190 gramm. Korpus metall ramka va shisha orqa paneldan iborat. Qurilma IP66/IP68/IP69 himoya standartlariga mos keladi, ya’ni chang va suvdan yuqori darajada himoyalangan.

Asosiy kamera 50 va 2 MP datchiklardan iborat, old kamera esa 16 MP. Shuningdek, Oppo A6 Pro ekran osti barmoq izi skaneri, stereo dinamiklar, Bluetooth 5.4, NFC, Wi-Fi 6 va IR-port bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Find X9 eng ingichka ramka bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek