Angrendagi yo‘l-transport hodisasi qurbonlari 13 kishiga yetgani aytilmoqda

eʼlon qilindi
Ichki ishlar organlaridagi manbaga ko‘ra
Angrendagi yo‘l-transport hodisasi qurbonlari 13 kishiga yetgani aytilmoqda. Foto: ochiq manbalardan

7-sentabr kuni Angrenda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda «Daryo» Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishiga asoslanib xabar berdi.

Hodisa oqibatida olti kishi tan jarohati olgan. Ular hozirda Angrenda davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avariya haydovchi sement tashuvchi yuk mashinasini boshqarishda qiyinchilikka uchrab, boshqa avtomobillarga urilishi oqibatida yuz bergan. To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in chiqqan. 8-sentabr kuni yetti kishi halok bo‘lgani va besh kishi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar qilingandi.

Kun.uz’ning ichki ishlar organlaridagi manbasiga ko‘ra esa ushbu YTH oqibatida vafot etganlar soni 13 kishiga yetgan. Ammo rasmiylar buni tasdiqlamayapti.

Avvalroq Rossiyadagi yoʻl-transport hodisasi tufayli uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgandi. Sodir boʻlgan transport hodisasi oqibatida ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi voqea joyida va bir nafari ogʻir jarohatlar sababli shifoxonada vafot etgan. Hodisada jarohat olgan yana uch nafar Oʻzbekiston fuqarolari Perm oʻlkasining Osa markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.

Shuningdek