Gadjetlar

Apple iOS 26 operatsion tizimini 15-sentabrdan foydalanuvchilarga taqdim etadi

Ularni Software Update bo‘limida yuklab olish mumkin
Apple iOS 26
Apple iOS 26 15-sentabrda rasman taqdim etiladi / Foto: Apple

10-sentabr kuni Apple iOS 26 va iPadOS 26 operatsion tizimlarining RC (Release Candidate) yangilanishlarini taqdim etdi. Ularni Software Update bo‘limida yuklab olish mumkin. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Apple rasmiy saytida qayd etilishicha, iOS 26’ning to‘liq versiyasi 15-sentabr kuni chiqariladi. Shuningdek, iOS 18.7 va iPadOS 18.7 RC yangilanishlari ham taqdim etildi. Ular turli xatoliklarni tuzatish va xavfsizlikni oshirishga qaratilgan.

Foto: ITHome

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone 17 Pro Max eng yuqori batareya sig‘imi bilan taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Apple kompaniyasi yangi iPhone 17, iPhone Air, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellari batareyalarining sig‘imini rasmiy ravishda e’lon qildi.

Batareya sig‘imi:

  • iPhone 17: 3692 mA·so;
  • iPhone Air: 3149 mA·so;
  • iPhone 17 Pro: 4252 mA·so;
  • iPhone 17 Pro Max: 5088 mA·so.

Ushbu ko‘rsatkichlar oldinroq internetda tarqalgan ma’lumotlarga mos keladi. Yevropa Ittifoqida iPhone 17, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellari hali ham SIM-karta slotiga ega. Shuning uchun batareya sig‘imi shu slotga ega modellarga tegishli deb taxmin qilish mumkin. iPhone Air esa butun dunyo bo‘ylab faqat eSIM bilan taqdim etiladi.

Taqqoslash uchun:

ModeliPhone 16 seriyasi (mA·so)iPhone 17 seriyasi (mA·so)O‘sish (%)
Standart35613692+3,7%
Plus / Air46743149
Pro35824252+18,7%
Pro Max46855088+8,6%