
Apple yangi iPhone 17 seriyasini taqdim etgach, kompaniya aksiyalari pasaya boshladi. NASDAQ birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 9-sentabr kuni qimmatli qog‘ozlar narxi qariyb 1,5 foizga tushib, $234,35 darajasida savdoga qo‘yildi.
Eng yuqori nuqtada esa aksiyalar $238,78 qiymatida qayd etilgan edi.

Apple 9-sentabr kuni iPhone’ning 17-avlod liniyasini e’lon qildi. Seriyaga kiritilgan yangi iPhone 17 Air modeli quvvati bo‘yicha MacBook Pro darajasiga teng.
iPhone 17 narxi $799 dan boshlanadi, iPhone 17 Air esa $999 dan sotuvga chiqadi. Shuningdek, Apple yangilangan Bluetooth quloqchinlari va aqlli soatlarini ham namoyish qildi. Oldindan buyurtmalar 12-sentabrdan, savdolar esa 19-sentabrdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Apple yangi qurilmalarni taqdim etgani haqida yozgan edi.