
Apple o‘zining yillik taqdimotida bir nechta yangi qurilmalarni namoyish qildi. Aqlli soatlar qatoriga Apple Watch S11, Watch SE 3 va Watch Ultra 3 modellari qo‘shildi.
Yangi soatlarda 5G modem mavjud bo‘lib, displeylari avvalgi avlodlarga nisbatan kattaroq. Asosiy yangiliklardan biri qon bosimini o‘lchash funksiyasi bo‘ldi. U 150 ta mamlakatda ishlaydi.

Apple Watch SE 3 narxi $250 dan, Watch S11 narxi $400 dan, Watch Ultra 3 esa $700 dan boshlanadi. Ushbu qurilmalar 19-sentabrdan sotuvga chiqadi.
Shuningdek, Apple yangi AirPods Pro 3 quloqchinlarini ham taqdim etdi. Ular real vaqt rejimida tarjima qilish funksiyasiga ega bo‘lib, Fitness+ va Health ilovalari bilan integratsiya qilingan. AirPods Pro 3 narxi $249 qilib belgilandi va 19-sentabrdan sotuvga chiqadi.

Narxlar:
Qurilma | Narxi boshlanishi | Sotuv sanasi |
---|---|---|
Apple Watch SE 3 | $250 | 19-sentabr |
Apple Watch S11 | $400 | 19-sentabr |
Apple Watch Ultra 3 | $700 | 19-sentabr |
AirPods Pro 3 | $249 | 19-sentabr |
Avvalroq iPhone 17 seriyasi taqdim etilgani haqida yozgan edik.