Avto

Ferrari 849 Testarossa gibridini taqdim etdi — rasm

Narxi 460 ming yevrodan 500 ming yevrogacha
Ferrari 849 Testarossa gibridini taqdim etdi / Foto: Ferrari

Ferrari kompaniyasi yangi 849 Testarossa sportkarini taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Foto: Ferrari
Foto: Ferrari
Foto: Ferrari
Foto: Ferrari

Unga ko‘ra, model 1980-yillardagi mashhur Testarossa modeliga hurmat sifatida yaratilgan. Sportkar yangi plug-in gibrid avtomobil 4 litrli, 8 silindrli turbo dvigatel va uchta elektr motori bilan jihozlangan bo‘lib, jami 1,050 ot kuchiga ega. Mashina maksimal 330 km/soat tezlikka erisha oladi va haydovchilarga kuchli, lekin samarali haydash tajribasini taqdim etadi.

Foto: Ferrari
Foto: Ferrari
Foto: Ferrari

Coupe narxi 460 ming yevro, ochiladigan tomli «spider» versiyasi esa 500 ming yevrodan boshlanadi. Yetkazib berish Yevropada keyingi yilning ikkinchi choragida, AQShda esa uch oy kechroq boshlanadi. Ferrari shu bilan birga benzin, gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni davom ettiradi, bu esa kompaniyaning innovatsion va klassik an’analarni uyg‘unlashtirish strategiyasini aks ettiradi.

Foto: Ferrari
Foto: Ferrari

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ferrari eng arzon superkaridan birini taqdim etgan edi.