
Apple kompaniyasi yangi iPhone 17, iPhone Air, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellari batareyalarining sig‘imini rasmiy ravishda e’lon qildi.

Batareya sig‘imi:
- iPhone 17: 3692 mA·so
- iPhone Air: 3149 mA·so
- iPhone 17 Pro: 4252 mA·so
- iPhone 17 Pro Max: 5088 mA·so

Ushbu ko‘rsatkichlar oldinroq internetda tarqalgan ma’lumotlarga mos keladi. Yevropa Ittifoqida iPhone 17, iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellari hali ham SIM-karta slotiga ega. Shuning uchun batareya sig‘imi shu slotga ega modellarga tegishli deb taxmin qilish mumkin. iPhone Air esa butun dunyo bo‘ylab faqat eSIM bilan taqdim etiladi.

Taqqoslash uchun:
Model | iPhone 16 seriyasi (mA·so) | iPhone 17 seriyasi (mA·so) | O‘sish (%) |
---|---|---|---|
Standart | 3561 | 3692 | +3,7% |
Plus / Air | 4674 | 3149 | — |
Pro | 3582 | 4252 | +18,7% |
Pro Max | 4685 | 5088 | +8,6% |

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 17 seriyasi haqida batafsil yozgan edik.