Maktab direktori lavozimi evaziga intim talab qilgan MMTV xodimi ishdan bo‘shatildi

eʼlon qilindi
Ayolga menejerlik sertifikati olib berish va uni maktab direktori lavozimiga qo‘yish evaziga
Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi ayolga menejerlik sertifikati olib berish va uni maktab direktori lavozimiga qo‘yish evaziga intim xizmat talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu bo‘yicha vazirlik matbuot xizmati rahbari rasmiy izoh berdi.

Holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Audioyozuvda erkak shaxs fuqaro bilan suhbatda unga bitta yaxshi maktabga direktor bo‘lish imkoniyatini yaratib berishini, buning uchun menejerlik sertifikati olib berishini aytayotgani mavjud.

Vazirlik matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, mazkur vaziyat ishtirokchisi bo‘lgan xodim lavozimidan ozod etilganini tasdiqladi. Shuningdek, vazirlik sohaga oid korrupsiya holatlari va manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshi ekanini ta’kidladi.

«Biz tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilishidan tarafdormiz. Shunga qaramay, noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘riladi», — deyiladi MMTV bayonotida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda o‘quvchiga shilqimlik qilgan o‘qituvchiga hukm o‘qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek