NASA Marsda qadimiy hayot izlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan topilma aniqladi

eʼlon qilindi
Ko‘pincha mikroblar faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan
NASA Marsda qadimiy hayot izlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan topilma aniqladi / Foto: Reuters

NASA’ning Perseverance roveri Jezero krateridan olingan jins namunalarida mikroblar hayotini eslatuvchi belgilarni topdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Olimlar vivanit va greigit nomli minerallarni aniqlashdi, ular Yerda ko‘pincha mikroblar faoliyati natijasida hosil bo‘ladi.

Biroq mutaxassislar ehtiyotkorlikka chaqirmoqda — bu minerallar biologiyaga aloqasiz kimyoviy jarayonlar orqali ham paydo bo‘lishi mumkin. Kashfiyot Marsda qadimda suv mavjud bo‘lgan davrda hayot bo‘lishi ehtimolini yana-da kuchaytirdi.

Perseverance 2021-yildan beri Mars yuzasini o‘rganib kelmoqda. U turli jinslardan namunalar to‘plab, bortidagi asboblar yordamida tahlil qilmoqda. Shu paytgacha yig‘ilgan ma’lumotlar sayyoraning uzoq o‘tmishda yashash uchun qulay bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Olimlar Perseverance yig‘gan «Sapphire Canyon» namunasi Yerga qaytarilsa, qadimiy hayot masalasi yuzasidan yanada aniq xulosalar chiqarish mumkin bo‘lishini ta’kidlamoqda. Bu kashfiyot Marsni o‘rganishdagi eng muhim ilmiy yutuqlardan biri sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA rahbarining vaqtincha vazifasini bajaruvchi Shon Daffi AQSh Oyga birinchi bo‘lib yadro reaktorini yetkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek