Sport

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Falastin ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi
Foto: UFA

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Falastin ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo Kubogi yo‘llanmasini naqd qildi.

Jamoa guruhda 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Osiyo kubogiga yo‘llanma olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Foto: AFC

Ma’lumot uchun, U-23 Osiyo Kubogi final bosqichi 2026-yil 7–25-yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston CAFA Nations Cup 2025 chempioni bo‘lgani haqida xabar bergan edi.