Yangiliklar

O‘zbekistonda “Open banking” tizimi joriy qilinadi

Besh yillik Fintex strategiyasini ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda «Open banking» tizimini joriy qilinadi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

So‘nggi yillarda Fintex sohasi jadal rivojlanmoqda: agar 2018-yilda O‘zbekistonda 24 ta kompaniya faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugun ularning soni 103 taga yetdi. Joriy yil xorijiy investitsiyalar hajmi $260 mlnni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan to‘rt barobar oshdi.

Prezident ilgari ta’kidlaganidek, 1 mingta startapni qo‘llab-quvvatlash, «Open banking» tizimini joriy qilish va besh yillik Fintex strategiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shu maqsadda xalqaro tajribalar, jumladan Singapur mutaxassislari yordami o‘rganilmoqda.

Taqdimotda me’yoriy-huquqiy baza, infratuzilma va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarini keng joriy qilish orqali bank daromadlarini 20 foizga, moliyaviy xizmatlar hajmini esa 30 foizga oshirish mumkinligi qayd etildi.

Shuningdek, Markaziy bank huzurida Fintex ofisi tashkil etish, startaplar uchun innovatsion xab yaratish, kompaniyalarni akseleratsiya qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Tolstoy nomidagi Xalqaro Tinchlik mukofoti bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edik.