
Bugun, 10-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari lavozimidan Rustam Saparbaev ozod etilib, uning o‘rniga deputat Radjapbay Nurazizov nomzodi taklif qilindi.
Deputatlar tomonidan uning nomzodi qo‘llab-quvvatlangan va Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasiga asosan, Radjapbay Nurazizov Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari etib saylangan.
Mazkur lavozimga qadar u Vazirlar Kengashi raisining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Avvalroq Sardor Rajabov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. Bundan tashqari, Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga esa Baxtiyor Yo‘ldashev tayinlandi.