Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasi S25 Ultra’dan yomonroq bo‘lishi mumkin

10-sentabr 2025 17:09 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 Ultra
Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasi S25 Ultra’dan yomonroq bo‘lishi mumkin / Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasining taqdim etiladigan Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni kamerasi bo‘yicha kutilmagan pasayishga ega bo‘ladi. Gap 3x zum moduli haqida ketmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi 3x zum kamerasi atigi 10 MP F2.4 sensorga ega bo‘ladi. Uning o‘lchami esa Galaxy S25 Ultra’dagi IMX754 sensordan kichikroq. S25 Ultra’dagi IMX754 esa 1/3.52 dyuym formatida edi. Sensor qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p yorug‘likni qabul qiladi va ayniqsa tungi suratlarda sifat yaxshiroq chiqadi.

Ba’zi foydalanuvchilar bu xususiyatlar hali yakuniy emasligini yozishgan bo‘lsa-da, qurilmada hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligi qayd etilgan.

Galaxy S26 Ultra sensori texnik jihatdan 12 MP bo‘lsa-da, amalda faqat 10 MP ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S24 arzon narxda qayta chiqarilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek