Sergelida issiqlik tarmoqlari yangilanishi sababli Qumariq ko‘chasining bir qismi yopiladi
eʼlon qilindi
10–30-sentabr kunlari

Toshkent shahar Sergeli tumanida 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik tarmoqlari yangilanishi munosabati bilan Qumariq ko‘chasining bir qismi yopiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Unga ko‘ra, Qumariq ko‘chasida diametri 325 millimetr bo‘lgan quvurlarning 1000 metrga yaqin qismi to‘liq almashtiriladi.
Tashkilot ishlarni 10–30-sentabr kunlari amalga oshiradi. Shu vaqt davomida Qumariq ko‘chasining ma’lum qismi transport harakati uchun yopiladi.
Shuningdek, quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartiriladi:
- 61-yo‘nalish – A.S. Banokatiy, G. Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
- 106-yo‘nalish – Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
- 40-yo‘nalish – Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
- 66-yo‘nalish – Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
- 52-yo‘nalish – Lokomotiv ko‘chasi bekati va Toshkent vokzali oralig‘ida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shota Rustaveli ko‘chasining yopilishi sababli ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgarishi mumkinligi haqida yozgandi.