Yangiliklar

Toshkent — Islomobod — Toshkent yo‘nalishida reyslar soni ko‘payadi

Haftasiga ikkitaga
Uzbekistan Airways
«Toshkent–Islomobod–Toshkent» yo‘nalishida reyslar soni ko‘payadi. Foto: uzairways

Joriy yilning 28-oktabridan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent — Islomobod — Toshkent yo‘nalishidagi muntazam parvozlar sonini haftasiga ikkitaga yetkazadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Hozirda ushbu yo‘nalishda haftasiga bir marta — shanba kuni reys amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya Toshkent — Lahor — Toshkent yo‘nalishida ham haftasiga ikki marta, chorshanba va juma kunlari parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

Barcha yo‘nalishlarda samolyotlar to‘liq band bo‘lib uchmoqda, aviachiptalar esa oldindan sotib olinmoqda. Shu sababli yo‘lovchilar talabini qondirish hamda transport aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida parvozlar soni oshirilmoqda.

Yangi reyslar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni, turizm va madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Toshkent — Islomobod — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar 14-iyundan boshlab yo‘lga qo‘yilgandi.