
9-sentabr kuni Apple tomonidan AirPods Pro 3 quloqchinlari taqdim etilgan edi. Kompaniya saytida qurilmalar haqida batafsil ma’lumotlar e’lon qilindi. AirPods Pro 3 Live Translation funksiyasi bilan jihozlangan.
Funksiya Apple Intelligence va hisoblash audiosi yordamida ishlaydi. Foydalanuvchilar safarda, ishda yoki ta’lim jarayonida, shuningdek, yaqinlari bilan suhbatda boshqa tilni tushunib, o‘z tilida erkin gaplasha oladi.
Agar suhbatdoshda AirPods bo‘lmasa, foydalanuvchi iPhone’ni gorizontal holatda ishlatib, jonli matn transkripsiyasini boshqa tilga tarjima qilingan holda ko‘rsatishi mumkin. Javob esa foydalanuvchining qulog‘iga o‘z tilida tarjima qilib eshittiriladi.
Eng katta qulaylik uzoq suhbatlarda namoyon bo‘ladi: ikkala tomon ham AirPods Pro 3’dan foydalansa, tarjima tez va bevosita amalga oshadi. Shu bilan birga, ANC funksiyasi suhbatdoshning ovozini biroz pasaytirib, tarjimaga e’tiborni oshiradi va tabiiy muloqotni saqlab qolishga yordam beradi. Qurilma ovoz sifati, shovqinni bekor qilish va qulaylik bo‘yicha sezilarli yangilanishlarga ega bo‘lgan.

Yangi model dunyodagi eng samarali Active Noise Cancellation (ANC) tizimini taqdim etadi. U avvalgi AirPods Pro 2’dan ikki baravar, birinchi avloddan esa to‘rt baravar kuchliroq shovqinlarni yo‘qota oladi. Yangi akustik arxitektura ovoz sahnasini kengaytirib, musiqadagi har bir detalni aniq eshitish imkonini beradi.
Yangi AirPods Pro 3 foydalanuvchilarga yanada qulayroq va mustahkamroq dizaynni taklif etadi. Quloqqa mukammal o‘rnashuvi tufayli naushniklar sport mashg‘ulotlari va kundalik faoliyatda ishonchli ishlatiladi.

quloqchinlari ilk bor yurak urishini o‘lchash funksiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, iPhone’dagi Fitness ilovasi orqali 50 dan ortiq sport turlarini kuzatish imkoniyatini beradi. Bu esa uni nafaqat audio qurilma, balki sog‘liqni nazorat qilish vositasiga ham aylantiradi.
Shuningdek, AirPods Pro 3’da Live Translation funksiyasi mavjud. U turli tillarda real vaqt rejimida tarjima qilib, foydalanuvchilarga muloqotni ancha osonlashtiradi.
Batareya quvvati ham yaxshilangan. ANC rejimida musiqa tinglash muddati endi 8 soatgacha uzaygan. Bundan tashqari, qurilma IP57 himoya darajasiga ega bo‘lib, uni yugurish, yoga yoki yuqori intensiv mashg‘ulotlarda ham bemalol ishlatish mumkin.
Quloqchinlarning narxi $249 dan boshlanib, 19-sentabrdan sotuvga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AirPods Pro 3 quloqchinlari taqdim etilgani haqida yozgan edi.