Gadjetlar

Apple iPhone 17 taqdimotidan keyin 4 ta modelni sotuvdan oldi

iPhone 17 va iPhone Air modellari uchun oldindan buyurtmalar 12-sentabrdan boshlanadi
4 ta modelni sotuvdan oldi
Apple iPhone 17 taqdimotidan so‘ng 4 ta modelni sotuvdan oldi / Foto: Apple

Apple yangi iPhone 17 seriyasini namoyish qilgach, kompaniya o‘z liniyasi tarkibida katta o‘zgarish qildi. Endilikda iPhone 15, iPhone 15 Plus, shuningdek, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellari rasmiy saytda sotuvdan olib tashlandi.

Shu tariqa Apple’ning amaldagi liniyasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • iPhone 16e — $600 dan;
  • iPhone 16 — $700 dan;
  • iPhone 16 Plus — $800 dan;
  • iPhone 17 — $800 dan;
  • iPhone Air — $1000 dan;
  • iPhone 17 Pro — $1100 dan;
  • iPhone 17 Pro Max — $1200 dan.

Eslatib o‘tamiz, iPhone 17 va iPhone Air modellari uchun oldindan buyurtmalar 12-sentabrdan boshlanadi, ochiq savdolar esa 19-sentabrda start oladi.

Foto: skrinshot

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple iOS 26 operatsion tizimini 15-sentabrdan foydalanuvchilarga taqdim etishi haqida xabar bergan edi.