
Foto: Getty Images
Kataloniyaning «Barselona» klubi yangilangan «Kamp Nou» stadionining ochilish marosimiga rossiyalik bloger Hasbulla Magomedovni (Hasbik) taklif qildi. Bu haqda blogerning oʻzi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi maʼlum qildi.
«Barselona» yangilangan «Kamp Nou» stadionidagi ilk rasmiy oʻyinini 28-sentabr kuni «Real Sosedad»ga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
Maʼlumot uchun, Hasbik oʻzining noodatiy antropologik xususiyatlari bilan dunyo boʻylab mashhurlikka erishgan. Uning boʻyi 91 santimetr, vazni esa 19 kilogramni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2026/2027-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali qaysi stadionda boʻlib oʻtishi haqida xabar berilgandi.