Sport

«Barselona» yangilangan «Kamp Nou» stadionining ochilishiga Hasbikni taklif qildi

Ilk rasmiy oʻyinini 28-sentabr kuni «Real Sosedad»ga qarshi bo‘ladi

Foto: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi yangilangan «Kamp Nou» stadionining ochilish marosimiga rossiyalik bloger Hasbulla Magomedov (Hasbik)ni taklif qildi. Bu haqda blogerning oʻzi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida malum qildi.

«Barselona» yangilangan «Kamp Nou» stadionidagi ilk rasmiy oʻyinini 28-sentabr kuni «Real Sosyedad»ga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Hasbik oʻzining noodatiy antropologik xususiyatlari bilan dunyo boʻylab mashhurlikka erishgan. Uning boʻyi 91 santimetr, vazni esa 19 kilogrammni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2026/2027-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali qaysi stadionda boʻlib oʻtishi haqida xabar berilgandi.