Biz siyosatni sal o‘zgartirdik — Markaziy bank dollar kursi o‘zgarishi haqida

eʼlon qilindi
Markaziy bank almashuv kursi moslashuvchanligini oshirdi
Markaziy bank dollar kursi o‘zgarishi haqida. Foto: Pexels.com

Markaziy bank almashuv kursi moslashuvchanligini oshirdi. Bu haqda 11-sentabr kuni regulyator boshqaruvi raisi Timur Ishmetov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Almashinuv kursi bo‘yicha oxirgi davrlarda biz ham siyosatni sal o‘zgartirdik. Sal tebranuvchanligi oshib boryapti. Bu ham endi keyingi qadam. Ko‘p yillar davomida tebranish darajasi past bo‘lgani uchun bozor ishtirokchilarida, birinchi navbatda banklar va biznesda, kurs faqat nechadir foizga o‘sadi yoki faqat oshadi. Bugun tushgan bo‘lsayam yana oshadi, degan kutilmalarning shakllanishi ham bunga ta’sir qiladi», — dedi Markaziy bank raisi.

Ishmetovning ta’kidlashicha, valyuta kursi tebranishlarining katta diapazoni dollar kursi bo‘yicha kutilmalarning yanada to‘g‘ri shakllanishiga olib keladi.

Joriy yilning iyun oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Markaziy bankka valyuta kursini yanada moslashuvchan qilish va kengroq tebranishlarga yo‘l qo‘yishni tavsiya qilgandi. XVJ fikricha, bu tashqi zarbalardan himoya qilish, kompaniyalarni valyuta xatarlarini sug‘urtalashga undash, pul-kredit siyosati samaradorligini kuchaytirish va kursning doimiy pasayishidan iborat kutilmalarni oldini olishga yordam beradi.

Avvalroq regulyator avgust oyida umumiy inflyatsiya yillik 8,8 foizni tashkil etganini ma’lum qilgandi. Bazaviy inflyatsiya esa oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishining sekinlashishi sabab 7,6 foizgacha pasaydi.

Shuningdek