Avto

Chery Tiggo 8 Pro Luxury Edition+ taqdim etildi

Avtomobil o‘lchamlari 4745×1860×1745 mm
Chery Tiggo 8 Pro Luxury Edition+
Chery Tiggo 8 Pro Luxury Edition+ taqdim etildi / Foto: Autohome

Chery kompaniyasi tomonidan mashhur Chery Tiggo 8 Pro Luxury Edition+ avtomobili namoyish etdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Model tashqi ko‘rinishda biroz yangilanishlarga ega. Radiator panjarasi xromli nuqtali naqsh bilan bezatilgan. Old bamperda trapetsiya shaklidagi ventilyatsiya teshiklari paydo bo‘ldi, faralar esa xromli chiziq bilan tutashtirilgan.

Foto: Autohome

Avtomobil o‘lchamlari 4745×1860×1745 mm, g‘ildirak bazasi esa 2710 mmga teng. Yangi komplektatsiya Luxury va Premium o‘rtasida joylashgan bo‘lib, Luxury’dan farqli ravishda old o‘rindiqlar isitkichlari, Bluetooth-kalit, haydovchi uchun tizzani himoya qiluvchi xavfsizlik yostig‘i va ikkinchi qatorda yon xavfsizlik yostiqchalari qo‘shilgan. Mashina 5 va 7 o‘rinli variantlarda taqdim etiladi.

Foto: Autohome

Tiggo 8 Pro Luxury Edition+ 1,6 litrli, 197 ot kuchiga ega turbomotor va 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Narxi 132,9 ming yuan (1,56 mln rubl) etib belgilangan, biroq dastlabki xaridorlar uchun 33 ming yuangacha (390 ming rubl) chegirma mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chery Auto aksiyalari Hongkong fond birjasida sotuvga chiqishi haqida yozgan edi.