Geely Galaxy Starship 7 elektromobili taqdim etildi

11-sentabr 2025 13:32 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely Galaxy Starship 7 elektromobili
Geely Galaxy Starship 7 elektromobili taqdim etildi / Foto: Xitoy savdo va sanoat vazirligi

Geely kompaniyasi tomonidan Geely Galaxy Starship 7 elektromobili taqdim etildi. Bu haqda CaNewsChina xabar bermoqda.

Model 160 kVt (215 ot kuchi) quvvatga ega elektromotor bilan jihozlangan. Dizayn esa ilgari chiqarilgan PHEV versiyasidan deyarli farq qilmaydi.

Foto: Xitoy savdo va sanoat vazirligi

Starship 7 EV uzunligi 4750 mm, kengligi 1905 mm, balandligi 1680 mmga teng. G‘ildirak bazasi 2755 mmni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich PHEV versiyasidan 10 mm uzunroq va 5 mm pastroq. To‘rt xil og‘irlik varianti (1712 – 1798 kg) e’lon qilingan, ular turli komplektatsiyalarni anglatishi mumkin. Shinalar ikki o‘lchamda — 225/55 R18 va 235/50 R19 taqdim etiladi.

Foto: Xitoy savdo va sanoat vazirligi

Avtomobil TZ184XY101 elektromotori bilan 215 ot kuchi ishlab chiqaradi va maksimal tezligi 175 km/soatni tashkil etadi. Quvvat manbai sifatida LFP (litiy-temir-fosfat) akkumulyator ishlatiladi. Biroq batareya sig‘imi va yurish masofasi hozircha oshkor qilinmagan.

Foto: Xitoy savdo va sanoat vazirligi

PHEV varianti Geely’ning NordThor EM-i tizimida yaratilgan bo‘lib, 1,5 litrli dvigatel (110 ot kuchi) va 160 kVt quvvatli elektromotor bilan birgalikda ishlaydi. U 8,5 kVt/soat yoki 19,09 kVt/soatlik akkumulyatorlarga ega bo‘lib, sof elektrda mos ravishda 55 km va 120 km masofaga yetadi. To‘liq bak va to‘liq zaryadda esa umumiy yurish masofasi 1420 km gacha yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 16 ming dollarlik Geely Preface 2026 taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek