Gadjetlar

iPhone 17 modellarining O‘zbekistondagi taxminiy narxlari ma’lum bo‘ldi

Kursiv Uzbekistan Malika bozorda faoliyat yuritadigan bir qancha savdo do‘konlari bilan suhbatlashdi
iPhone 17 modellarining O‘zbekistondagi narxlari
iPhone 17 modellarining O‘zbekistondagi narxlari aniq bo‘ldi / Foto: Apple

Apple kompaniyasi yaqinda taqdim etgan iPhone 17 modellarining O‘zbekistondagi taxminiy narxlari aniq bo‘ldi. Kursiv Uzbekistan Malika bozorda faoliyat yuritadigan bir qancha savdo do‘konlari bilan suhbatlashdi.

Ularning ta’kidlashicha, 23-sentabr kuni yangi iPhone modellari O‘zbekistonga yetib keladi va sotuvda mavjud bo‘ladi. Sotuvchilar Kursiv Uzbekistan’ga taxminiy narxlarni taqdim qildi.

Ular taklif etayotgan taxminiy narxlar quyidagicha:

  • iPhone 17. 256 GB — $1300;
  • iPhone 17. 512 GB — $1500;
  • iPhone Air 17. 256 GB — $1760;
  • iPhone Air 17. 512 GB — $1900;
  • iPhone Air 17. 1 TB — $2100;
  • iPhone 17 Pro 256 GB — $1900;
  • iPhone 17 Pro 512 GB — $2200;
  • iPhone 17 Pro 1 TB — $2700;
  • iPhone 17 Pro Max 256 GB — $2350;
  • iPhone 17 Pro Max 512 GB — $2780;
  • iPhone 17 Pro Max 1 TB — $3390;
  • iPhone 17 Pro Max 2 TB — $4000.
Foto: Apple

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan barcha takliflarni haqiqiy ekanligini o‘rganish va firibgarlarning yolg‘on ma’lumotlariga ishonmaslikni tavsiya qiladi. Shu bilan birga, aynan bir nuqtadan sotib olishga da’vat qilmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple iPhone 17 taqdimotidan keyin 4 ta modelni sotuvdan olgani haqida xabar bergan edi.

Apple yangi iPhone 17 seriyasini namoyish qilgach, kompaniya o‘z liniyasi tarkibida katta o‘zgarish qildi. Endilikda iPhone 15, iPhone 15 Plus, shuningdek, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellari rasmiy saytda sotuvdan olib tashlandi.