Nukusda kichik portlash natijasida 10 nafar harbiy jarohat oldi

eʼlon qilindi
Portlovchi vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida portlash yuzaga kelgan
Foto: Milliy gvardiya Telegram kanali

10-sentabr kuni Nukus dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot vaqtida kichik portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Milliy gvardiya O‘zAga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mashg‘ulot uchun mo‘ljallangan portlovchi vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi oqibatida kichik portlash yuzaga kelgan.

Natijada 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Ularning barchasiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ko‘rilgan choralar sabab hozirda sog‘ligi barqarorlashgani bildirilmoqda.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, tegishli rahbarlar tomonidan sabab va oqibatlarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pokistondagi portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek