Oracle aksiyalari rekord darajaga chiqdi, Ellison Maskga yaqinlashmoqda

eʼlon qilindi
Yil boshidan beri 45 foizga
Oracle aksiyalari rekord darajaga chiqdi, Ellison Maskga yaqinlashmoqda / Foto: CNN

Oracle aksiyalari 10-sentabr kuni 43% ga oshib, kompaniya qiymatini $913 mlrdga olib chiqdi. Bu natija uni trillion dollarlik bozor qiymati klubiga yaqinlashtirdi, deya yozmoqda Reuters.

O‘sishning asosiy sababi OpenAI bilan imzolangan tarixiy shartnoma bo‘lib, unga ko‘ra kompaniya besh yil davomida $300 mlrdlik hisoblash quvvatini Oracle’dan xarid qiladi. Bu kelishuv bulut sanoatidagi eng yirik bitimlardan biri hisoblanadi.

Shu tufayli Oracle hammuassisi Larri Ellisonning boyligi $100 mlrdga ortib, $392,6 mlrdga yetdi. Bu esa uni dunyoning eng boy odami Ilon Maskdan (439,9 mlrd $) keyingi o‘ringa yanada yaqinlashtirdi.

Foto: Reuters

Kompaniyaning yirik hamkorliklari va yangi shartnomalari uni bulut bozorida Amazon, Microsoft va Google kabi gigantlarga raqobatchi sifatida yanada kuchliroq ko‘rsatmoqda.

Oracle aksiyalari yil boshidan beri 45% ga oshib, S&P 500 hamda «Magnificent Seven» deb ataluvchi yirik texno-aksiyalar natijalaridan ham yuqori ko‘rsatkich qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla direktorlar kengashi kompaniya rahbari Ilon Mask uchun yangi yirik maosh paketini taqdim etgani haqida yozgan edik.

Shuningdek