
NF Group ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari orasida sifatli ombor ko‘chmas mulki hajmi bo‘yicha kuchli uchlikdan joy oldi.
2025-yilning uchinchi choragiga kelib, mamlakatda umumiy maydoni 555 ming kv.m bo‘lgan omborlar mavjud. Ushbu davrda reyting yetakchilari Qozog‘iston (1,78 mln kv.m) va Belarus (1,72 mln kv.m) bo‘ldi. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi omborlarning 56 foizi B sinf toifasiga kiradi. Maydonlarning katta qismi — 53 foizi spekulyativ loyihalar, qariyb 20 foizi kompaniyalarning o‘z ehtiyojlari uchun, yana 15 foizi 3PL-operatorlar uchun ajratilgan.

Ombor segmentining o‘sishi mamlakatda faol kechmoqda: 2024-yilning to‘rtinchi choragidan 2025-yilning uchinchi choragigacha 160 ming kv.m maydon foydalanishga topshirildi. 2026-yil oxiriga qadar yana 370 ming kv.m ombor ishga tushirilishi kutilmoqda.
Bo‘sh maydonlar darajasi minimal — atigi 1,7%. A toifali omborlar uchun ham ijara narxi yiliga o‘rtacha bir kvadrat metr uchun $156, B toifa uchun esa $90 tashkil etadi.
Avvalroq Pokistonning Karachi portida O‘zbekiston tovarlari uchun tranzit ombor qurilishi haqida xabar berilgandi. Kutilishicha, bu yuklarni vaqtinchalik saqlash va tranzitni soddalashtirib, ularni jahon bozorlariga tezroq chiqarish va logistika xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.