O‘zbekiston U-23 terma jamoasi qatnashadigan Osiyo Kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum bo‘ldi

11-sentabr 2025 15:05 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Foto: AFC

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi qatnashadigan Osiyo Kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UFA xabar bermoqda. Turnir 2026-yilning 7-25-yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) matbuot xizmati turnirning final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, mazkur tadbir 2025-yilning 2-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lampur shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi esa 1-savatchadan o‘rin olgan:

  • 1-savatcha: Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Yaponiya, Iroq.
  • 2-savatcha: Koreya Respublikasi, Vyetnam, Avstraliya, Qatar.
  • 3-savatcha: Tailand, Iordaniya, BAA, Eron.
  • 4-savatcha: Xitoy, Suriya, Qirg‘iz Respublikasi, Livan.

Ma’lumot uchun, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so‘nggi uchta Osiyo Kubogida (Tailand-2020, O‘zbekiston-2022 va Qatar-2024) erishilgan natijalarni hisobga olgan.

Qayd etilishicha, mazkur musobaqa guruh bosqichi, chorak final, yarim final, 3-o‘rin uchun va final uchrashuvlaridan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek