
O‘zbekiston va Rossiya fuqarolarining ichki pasportlar bilan kirishi masalasi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda «Izvestya» nashri ma’lum qildi.
O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, hozirda ayrim jihatlar kelishilmoqda va zarur ichki tartib-taomillar o‘tkazilmoqda. Shu bois aniq muddat haqida gapirishga hali erta.
Ma’lumki, may oyida O‘zbekiston Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolariga ichki pasport bilan kirishga ruxsat berish niyatini bildirgan edi. Bu tashabbus turizmni rivojlantirish va odamlar o‘rtasidagi aloqalarni yengillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
1-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohada izchil rivojlanayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, bu hamkorlik nafaqat ikki xalq manfaatlariga mos keladi, balki Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ham yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston pasporti Henley reytingida 72-o‘ringa ko‘tarilgan edi.