O‘zbekistonda Chevrolet Tahoe 2025 savdosi boshlandi

11-sentabr 2025 10:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tahoe 2025
O‘zbekistonda Chevrolet Tahoe 2025 savdosi boshlandi / Foto: UzAuto Motors

«UzAuto Motors» AJ Chevrolet Tahoe 2025 High Country modeli uchun shartnomalar rasmiy dilerlik markazlarida qabul qilinishini e’lon qildi. Modelning narxi 1,4 mlrd so‘m deb belgilangan.

Avtomobilni xarid qilish uchun mijozlar Toshkent va Navoiydagi quyidagi dilerlarga murojaat etishi mumkin:

  • Driver’s Village — Toshkent shahri, Sergeli tumani. Tel: 71 200 70 70;
  • Toshkent Avtomarkaz — Toshkent shahri, Chilonzor tumani. Tel: 71 203 43 33;
  • Avtocar Trade Centre — Toshkent shahri, Bektemir tumani. Tel: 95 514 66 77;
  • Billur Avto Savdo Navoiy — Navoiy shahri, A. Temur ko‘chasi. Tel: 79 210 57 57;
  • Navoiy Avto Motors — Karmana tumani, Yangi-Ariq qishlog‘i. Tel: 79 210 00 77;
  • Avtosalon Navoiy Avtotexxizmat — Navoiy shahri, Amir Temur ko‘chasi. Tel: 79 222 00 20.

Kompaniya dilerlik ro‘yxati yangilanib borishini, qo‘shimcha ma’lumotlarni chevrolet.uz va uzautomotors.com saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardan olish mumkinligini ham bildirgan.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Model yangilangan radiator panjarasi, orqa optika va glushitellarga ega. Avtomobil avvalgi versiyasidan balandroq, yo‘l oralig‘i 20 dan 25 sm gacha kengaytirilgan. Tahoe High Country’da avtomatik suriladigan ostonalar va suriladigan bar ham joriy etilgan. Boshqa yangilanishlar orasida rul chambaragi va displey dizayni, uzatmalarni almashtirish uchun rul osti selektori mavjud. Iqlim nazorati, zamonaviy multimedia tizimi yaxshilandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Chevrolet Tahoe High Country avtomobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek