
Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya ligasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda «Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini qoʻlga kiritdi.
Liga rasmiy ma’lumotiga koʻra, marosimda futbolchining oʻzi shaxsan ishtirok etmagan, biroq tashkilotchilar uning mukofot bilan chiqish qilgan videomurojaatini namoyish etishgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu besh karra «Oltin toʻp» sohibi hisoblanadi. Shuningdek, u futbol tarixida eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida rekord oʻrnatgan. Hozirda Krishtianu hisobida 943 ta gol mavjud.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 40 yoshli futbolchi sevgilisi Jorjina Rodrigesga turmush qurishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi.