Sport

Ronaldu «Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi» sovriniga sazovor boʻldi

Marosimda futbolchining oʻzi shaxsan ishtirok etmagan
Ronaldu
Ronaldu «Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi» sovriniga sazovor boʻldi / Foto: Liga Portugal

Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya ligasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda «Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini qoʻlga kiritdi.

Liga rasmiy maʼlumotiga koʻra, marosimda futbolchining oʻzi shaxsan ishtirok etmagan, biroq tashkilotchilar uning mukofot bilan chiqish qilgan videomurojaatini namoyish etishgan.

Maʼlumot uchun, Ronaldu besh karra «Oltin toʻp» sohibi hisoblanadi. Shuningdek, u futbol tarixida eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida rekord oʻrnatgan. Hozirda Krishtianuning hisobida 943 ta gol mavjud.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 40 yoshli futbolchi sevgilisi Jorjina Rodrigesga turmush qurishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi.