Gadjetlar

Samsung Galaxy S25 FE ta’mirlash uchun ham qulay smartfon ekanligi aytildi

U o‘tgan hafta taqdim etilgan
Foto: Ochiq manbalar

Samsung o‘tgan hafta yangi arzon Samsung Galaxy S25 FE modelini taqdim etdi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Smartfon ta’mirlash uchun ham qulay variant sifatida qaralmoqda. U avvalgi Galaxy S24 FE’dan bir qator jihatlari bilan farq qiladi. Qurilma yangilangan protsessor, 10 foiz kattaroq sovitish tizimi, sig‘imi oshirilgan akkumulyator va tezroq quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Foto: RBK

Eng qiziqarli yangiliklardan biri uning ta’mirlash qulayligi. RBKreviews kanali o‘tkazgan test natijalariga ko‘ra, Galaxy S25 FE ta’mirlash darajasi bo‘yicha 10 balldan 9 ball olgan. Bu natija Galaxy S24 FE ko‘rsatkichidan yuqori (8,5 ball). Mutaxassislar qo‘shimcha ballni USB-C kabi mayda qismlarni almashtirish yanada osonlashgani uchun bergan.

Samsung Galaxy S25 FE Teardown Disassembly Phone Repair Video Review

Galaxy S25 FE nafaqat arzonroq flagman, balki texnik xizmat ko‘rsatishda ham avvalgi modeldan qulayroq bo‘lib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi batareyaga ega Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.