
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov CAFA Nations Cup – 2025 turniri taqdirlash marosimida stadion qo‘riqchisi bilan janjallashib qoldi.
Manbaga ko‘ra, Shomurodov yosh muxlisni tribunadan olib ketmoqchi bo‘lgan, biroq xavfsizlik xizmati xodimi uni to‘xtatishga harakat qilgan. Shu sababli futbolchi va qo‘riqchi o‘rtasida qisqa mojaro yuzaga kelgan. U bolani qo‘liga olib, uni jamoadoshi Abbosbek Fayzullayevga topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri CAFA Nations Cup – 2025 finalida O‘zbekiston terma jamoasi Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etgani haqida yozgan edi. Uchrashuv qahramoni Xojiakbar Alijonov bo‘lib, u 119-daqiqada g‘alaba golini kiritgan.