Toshkent viloyatida 40 trillion so‘mlik dasturlar amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
2025 – 2027-yillarda
Toshkent viloyatida 40 trillion so‘mlik dasturlar amalga oshiriladi / Foto: YouTube

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida iqtisodiy rivojlanish, yangi loyihalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Keyingi yillarda hududga 18 milliard dollarlik investitsiya jalb qilingan, minglab korxonalar ishga tushirilgan va eksport hajmi oshgan.

Viloyatda xitoylik investorlar ishtirokida $2,1 mlrdlik sanoat parklari qurilmoqda. Shuningdek, 2025 – 2027-yillarda 40 trln so‘mlik dasturlar amalga oshiriladi. Bu orqali ishsizlik va kambag‘allik darajasi 4,5 foizga tushirilishi rejalashtirilgan.

Hududlarda avtomobil ehtiyot qismlari, oziq-ovqat, to‘qimachilik va turizm loyihalari yo‘lga qo‘yiladi. Umumiy qiymati $2,5 mlrdlik tashabbuslar natijasida 11 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi va $434 mlnlik eksport quvvati hosil bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev viloyatning sanoat, qishloq xo‘jaligi va iste’mol bozoridagi salohiyatini alohida ta’kidladi. Tezkor elektr poyezdlar orqali poytaxt bilan bog‘lanish, bo‘sh yerlarni samarali ishlatish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali Toshkent viloyatini yangi bosqichga olib chiqish vazifasi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkentda «Peterburg mavzesi» barpo etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek