Toyota RAV4 va Land Cruiser asosida yangi elektromodellar AQShda ishlab chiqariladi

11-sentabr 2025 09:48 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Toyota RAV4 Land Cruiser
Toyota RAV4 va Land Cruiser asosida yangi elektromodellar AQShda ishlab chiqariladi / Foto: Midjourney

Yaponiyaning Toyota kompaniyasi AQShning Kentukki shtatidagi zavodida uch qatorlik yangi elektr krossoverlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi. Yangi loyihalar mashhur RAV4 va Land Cruiser modellari platformasida yaratiladi. Bu haqda Reuters nashri ma’lum qildi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, bu qaror ishlab chiqarishni optimallashtirish va bozor talabiga tezroq javob berish maqsadida qabul qilingan. Toyota Kentukki va Indiana zavodlari o‘rtasida ishlab chiqarish quvvatlarini qayta taqsimlab, umumiy samaradorlikni oshirmoqchi.

Kentukki zavodida endi Lexus ES sedanlari yig‘ilmaydi. Bu modelning yangi avlodi 2026-yildan boshlab Yaponiyada ishlab chiqariladi. Indiana zavodi esa Grand Highlander’ni ishlab chiqarishda davom etadi va unga yana bir yangi model qo‘shiladi.

Toyota ishlab chiqarish strategiyasini muntazam yangilab borishini, mijozlarga yanada mukammal elektromobillarni taqdim etishga intilayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota Corolla 2026 savdosi boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek