Gadjetlar

Xiaomi 16 flagmani haqida asosiy xususiyatlar oshkor etildi

Old kamera 32 megapikselli
Xiaomi 16 smartfoni
Xiaomi 16 smartfoni haqida asosiy xususiyatlar oshkor etildi / Foto: Geyar Bytes

Yogesh Brar Xiaomi kompaniyasining navbatdagi Xiaomi 16 smartfoni haqidagi muhim ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda u X platformasidagi sahifasida e’lon qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, smartfon 6,3 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, 1,5K aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Yurak sifatida qurilmaga Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori o‘rnatiladi.

Foto: Ice Universe

Old kamera 32 megapikselli, asosiy kamera esa uchta 50 megapikselli datchikdan tashkil topadi. Ulardan biri Omnivision, yana biri Samsung JN5 sensori bo‘lishi aytilmoqda. Shuningdek, under-display barmoq izi skaneri ham kutilmoqda.

Smartfon IP68/IP69 himoya standartlariga ega bo‘lib, suv va changga chidamliligi oshirilgan. Batareya sig‘imi 7000 mA·soat bo‘lib, u 100 Vt simli va 50 Vt simsiz tezkor quvvatlashni qo‘llaydi. Qurilma Android 16 asosida, yangilangan HyperOS 3 interfeysi bilan ishlaydi.

Rasmiy taqdimot shu oyning o‘zida bo‘lib o‘tishi va Xiaomi 16 bilan birga Xiaomi 16 Pro hamda Xiaomi 16 mini ham namoyish etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 15T Pro global taqdimoti sentabrda bo‘lib o‘tishi haqida yozgan edi.