100 dollarlik HMD Vibe 5G smartfoni taqdim etildi

12-sentabr 2025 09:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
HMD Vibe 5G smartfoni
100 dollarlik HMD Vibe 5G smartfoni taqdim etildi / Foto: HMD

HMD kompaniyasi tomonidan yangi HMD Vibe 5G smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Modelning narxi $100 etib belgilangan. Smartfon 6,67 dyuymli IPS ekranga ega bo‘lib, HD+ aniqlik va 90 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma 6 nanometrlik Unisoc T760 protsessorida ishlaydi, 4 GB tezkor va 128 GB ichki xotira bilan ta’minlangan.

Operatsion tizim sifatida Android 15 o‘rnatilgan bo‘lib, ikki yil davomida xavfsizlik yangilanishlari va qo‘llab-quvvatlash kafolatlangan.

Foto: HMD

Kamera tizimi 50 megapikselli asosiy modul va 2 megapikselli yordamchi sensordan iborat. Old kamera 8 megapikselli. Batareya sig‘imi 5000 mA·soat bo‘lib, 18 vatt tezkor quvvatlashni qo‘llaydi va zaryadlovchi blok komplektda taqdim etiladi.

HMD Vibe 5G yon tomonga joylashtirilgan barmoq izi skaneri, stereodinamiklar, USB-C porti va quloqchin uchun an’anaviy raz’yom bilan jihozlangan. Qurilmaning o‘lchamlari 165 × 75,8 × 8,65 mm, og‘irligi esa 190 grammni tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, HMD Global — 2016-yilda Finlyandiyada tashkil etilgan kompaniya bo‘lib, avvaliga Nokia smartfonlarini ishlab chiqarish huquqiga ega edi. Hozirda u o‘zining mustaqil brendi HMD ostida ham arzon, ham o‘rta toifadagi telefonlarni chiqaradi. Kompaniya Android operatsion tizimidan foydalanadi. U qurilmalariga uzoq muddatli xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etishi bilan mashhur. HMD bozorda ishonchli, budjetga mos va uzoq muddat xizmat qiladigan smartfonlari bilan tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan arzon narxdagi Samsung Galaxy F17 5G taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek