
HMD kompaniyasi Xitoydan tashqarida ham ikki yangi tugmali HMD 101 4G va HMD 102 4G telefonlarini sotuvga chiqardi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Qurilmalar oldin Nokia nomi ostida ishlab chiqargan. Modellar 2 dyuymli QQVGA displey (240×320 piksel) va Unisoc 8910 FF-S protsessori bilan jihozlangan. Ichki xotira hajmi 16 MB bo‘lib, uni microSD karta yordamida 32 GB gacha kengaytirish mumkin. Telefonlar S30+ operatsion tizimida ishlaydi va FM-radio (simsiz va simli), MP3 pleer, bulutli ilovalar hamda mintaqaviy tillarni qo‘llab-quvvatlaydi.

HMD 102 4G modeli esa qo‘shimcha ravishda QVGA kamera, chiroqcha va rangli klaviaturaga ega. Har ikkala model IP52 standarti bo‘yicha chang va namlikdan himoyalangan.
Telefonlarda ikki SIM-karta, Bluetooth 5.0, USB-C orqali zaryadlash va 3,5 mm naushnik porti mavjud. Quvvat manbai sifatida 1000 mA·soat sig‘imli olinadigan akkumulyator ishlatiladi. O‘lchamlari 118,2 × 50,2 × 14,3 mm, og‘irligi esa 83,5 g.
Narxlari:
Model | Narx (USD) |
---|---|
HMD 101 4G | $20 |
HMD 102 4G | $25 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 100 dollarlik HMD Vibe 5G smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.