
BAIC kompaniyasining elektromobillar brendi Arcfox elektromobillar brendi tomonidan yangi Arcfox T1 elektromobili taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Yangi model 2025-yil 11-sentabr kuni bozorga chiqdi. Narxlar 62 800 yuandan ($8 700) boshlanib, 87 800 yuangacha ($12 200) yetadi.

Arcfox T1 jami besh xil komplektatsiyada taklif etiladi va ikki xil yurish masofasiga ega bo‘lib, 320 km va 425 kmni tashkil etadi. Kompaniya 425 km masofali versiyalarni darhol yetkazib beriladi, 320 km liklari esa oktabr oyining o‘rtalaridan boshlab mijozlarga topshiriladi. Yangi model BYD Dolphin va Geely Xingyuan kabi mashhur xetchbeklarga raqobat qilishi kutilmoqda.
Dizaynda Arcfox’ning Arc-Flow falsafasi qo‘llanilgan. Yon tomondan avtomobil 18 dyuymli ko‘p qirrali alyuminiy disklar bilan ajralib turadi. Modelning uzunligi 4337 mm, kengligi 1860 mm, balandligi 1572 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi esa 2770 mmni tashkil etadi.

Salon 8,8 dyuymli raqamli asboblar paneli va 15,6 dyuymli «suzuvchi» markaziy displey bilan jihozlangan. Extreme Clean Cabin tizimi nano darajadagi himoya qatlami bilan qoplangan bo‘lib, bola xavfsizligi standartlariga javob beradi.

Ichki qulayliklar qatorida oldingi qismda stakan qo‘yish joylari, ikkita smartfon uchun bo‘shliq, markaziy konsol ostida qo‘shimcha saqlash bo‘shligi va yukxona uchun chuqurroq dizayn mavjud.
Texnik jihatdan Arcfox T1 70 kVt (94 ot kuchi) quvvatga ega elektr motor bilan harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BYD FCB Tai 7 PHEV yangi gibrid modeli taqdim etilgani haqida yozgan edi.