Yangiliklar

«Afrosiyob» poyezdiga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Qatnovlardagi yuklamani kamaytirish maqsadida
«Afrosiyob» poyezdiga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi
«Afrosiyob» poyezdiga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi / Foto: Transport vazirligi

Sayyohlar uchun qulaylik yaratish va mavjud qatnovlardagi yuklamani kamaytirish maqsadida Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha reyslari tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Qo‘shimcha qatnovlar 11, 12, 14, 18, 19, 20, 21, 25, 27 va 28-sentabr kunlari amalga oshiriladi.

Harakat jadvali quyidagicha:

  • Samarqand → Toshkent — jo‘nash 10:55 da, yetib kelish 13:10 da
  • Toshkent → Samarqand — jo‘nash 13:56 da, yetib kelish 16:09 da

Chiptalarni eticket.railways.uz, Uzrailways Ticket mobil ilovasi hamda temir yo‘l kassalari orqali xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 9-sentabrdan «Afrosiyob» poyezdlari jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilgan edi.