
Albaniyada davlat xaridlarini boshqarish uchun Diella nomli sun’iy intellekt bot vazir sifatida joriy qilindi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Bosh vazir Edi Ramaga ko‘ra, Diella barcha tenderlarni boshqarib, jarayonlarni 100 foiz korrupsiyasiz amalga oshirishga xizmat qiladi.

Diella avval e-Albania platformasida virtual yordamchi bo‘lib, fuqarolarga hujjatlar olishda ko‘maklashgan. Endilikda u davlat shartnomalarini nazorat qiladi.
Biroq ijtimoiy tarmoqlarda ayrimlar bu tashabbusga shubha bilan qaramoqda va korrupsiya davom etishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada yangi bosh vazir tayinlangani haqida xabar bergan edik.