Yangiliklar

AQShda Andijon to‘qimachilik savdo uyi ochildi

Andijon to‘qimachilik mahsulotlarini namoyish va sotishga ixtisoslashtirilgan yangi savdo uyi
Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

AQShning Missuri shtatida joylashgan Sent-Luis shahrida Andijon to‘qimachilik mahsulotlarini namoyish va sotishga ixtisoslashtirilgan yangi savdo uyi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Shuxratbek Abdurahmonov, ITF Group LLC ijrochi direktori Saidzim Burxonxo‘jaev, mahalliy biznes doirasi vakillari hamda O‘zbekistondagi to‘qimachilik sanoati tadbirkorlari ishtirok etdi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Yangi savdo uyi shourum sifatida ham xizmat qiladi. Unda viloyatda ishlab chiqarilgan tayyor kiyim-kechak namunalari xalqaro va mahalliy xaridorlarga taqdim etiladi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Sent-Luis AQShdagi yirik logistika markazlaridan biri hisoblanadi. Shu bois savdo uyi orqali o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini mamlakatning turli shtatlariga tezkor va samarali yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston mahsulotlari uchun savdo uyi ochilgani haqida yozgandi.