Braziliya sobiq prezidenti 27 yilga qamaldi

eʼlon qilindi
U davlat to‘ntarishida aybdor deb topildi
Braziliya sobiq prezidenti 27 yilga qamaldi / Foto: Artur Menescal/Bloomberg/Getty Images

Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaro 2022-yilgi prezidentlik saylovlarini bekor qilishga uringanlikda aybdor deb topildi va 27 yil 3 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Oliy sud uni davlat to‘ntarishini uyushtirish, qurollangan guruh tuzish va demokratik tuzumni ag‘darishga urinish kabi jinoyatlarda aybdor deb topdi. Prokurorlar uning rejasi hatto prezident Luiz Inasio Lula da Silvani o‘ldirishni ham o‘z ichiga olganini aytmoqda.

Sud qaroriga ko‘ra, Bolsonaro sakkiz yil siyosiy faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi. Biroq himoya tarafidan apellyatsiya kutilmoqda.

Hukm Braziliyada katta bahslarga sabab bo‘ldi. Tarafdorlari uni siyosiy ta’qib deb hisoblayapti, ayrim xalqaro siyosatchilar ham hukumatni tanqid qildi. Shu bilan birga, Braziliya rasmiylari mamlakatni «qo‘rqitib bo‘lmasligini» ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand sobiq bosh vaziri sud qaroridan oldin mamlakatdan qochib ketgan edi.

Shuningdek