Avto

Changan Deepal S07 Huawei tizimi bilan 17-sentabrda taqdim etiladi

Model uchun oldindan buyurtmalar allaqachon boshlangan
Changan Deepal S07
Changan Deepal S07 Huawei tizimi bilan 17-sentabrda taqdim etiladi / Foto: CarNewsChina

Changan kompaniyasining Deepal brendi yangi Deepal S07 krossoverini 17-sentabr kuni bozorga chiqaradi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model uchun oldindan buyurtmalar allaqachon boshlangan bo‘lib, narxlar 156 900 – 173 900 yuan ($21 800 – $24 200) oralig‘ida. Biroq mutaxassislar taqdimot narxi 145 000 yuandan ($20 ming) past bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Foto: CarNewsChina

Avtomobil tashqi dizaynida ikki rangli kuzov, qora eshik tutqichlari, yon yubka va oynalardagi aksentlar, orqa spoyler hamda uzun LED fonarlar bilan ajralib turadi. Modelning o‘lchamlari: 4750×1930×1625 mm, g‘ildirak bazasi esa 2900 mm. Old oynalari ikki qavatli shovqinga qarshi, orqa oynalari esa maxfiy oynalar bilan jihozlangan.

Salon markazida 15,6 dyuymli 2,5K displey, 55 dyuymli AR-HUD tizimi joylashgan. Boshqaruv tizimi Qualcomm Snapdragon 8295P chipi asosida ishlaydi. Orqa o‘rindiqlarda 4,2 dyuymli yordamchi ekran, umumiy hisobda esa 20 ta karnayli Dolby audiosistemi mavjud.

Foto: CarNewsChina

Eng katta yangilik avtomobilning Huawei Qiankun ADS SE tizimi bilan jihozlanishi. U quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • Avtomagistral va shahar yo‘llarida aqlli boshqaruv, to‘siqlardan qochish, tezlikni moslashtirish va burilishlarda;
  • Shahar sharoitida yo‘l bo‘ylab yurishni kuzatish, svetofor nazorati va avtomatik bo‘linma almashtirishda;
  • 160 dan ortiq turli parkovka ssenariylari, jumladan tashqaridan boshqariladigan va xotiraga yozilgan parkovka rejimlari.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Changan Nevo A06 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.