Yangiliklar

Eng ko‘p dala yong‘inlari Toshkent viloyatida qayd etildi

Viloyatning 11 829 gektar maydonida 870 ta holat kuzatilgan
Eng ko‘p dala yong‘inlari Toshkent viloyatida qayd etildi / Foto: Sun’iy intellekt

2025-yil may – avgust oylarida respublikaning 13 ta hududida 2 436 ta holatda 27 ming gektardan ziyod yer noqonuniy yoqib yuborilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilda 31 ming 542 gektarni tashkil etgandi, deya xabar bermoqda «O‘zbekkosmos» agentligi.

Eng ko‘p dala yong‘inlari Toshkent viloyatida (11,8 ming gektar), Andijon (7,6 ming gektar) va Surxondaryoda (2,1 ming gektar) qayd etildi. Eng kam maydon Navoiy viloyatida — atigi 8 gektar.

HududMaydon (gektar)Holatlar soni
1Toshkent viloyati11 829870
2Andijon viloyati7 665738
3Surxondaryo viloyati2 104279
4Namangan viloyati1 542110
5Samarqand viloyati1 076143
6Sirdaryo viloyati1 05583
7Jizzax viloyati90461
8Fargʻona viloyati51966
9Buxoro viloyati25643
10Xorazm viloyati9931
11Qoraqalpogʻiston Respublikasi529
12Qashqadaryo viloyati142
13Navoiy viloyati81

Agentlik 2024-yilda aniqlangan va bu yil takroriy yoqilgan yerlardan ham xabar berdi. Toshkent viloyatida 73 ta, Surxondaryoda 47 ta, Samarqandda esa 13 ta maydon qayd etilgan.

Joriy yildan boshlab dala yong‘inlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi dalayongini.cmspace.uz portali va maxsus @UzCosmosYonginbot ishga tushirildi.